Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi.

Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi.

29.09.2025 в 13:59Qabul e'lonlarMatbuot511 мин. чтения

Davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, san’at ta'lim sohasidagi barcha bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari, Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi, Musiqa ta'limi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha davlat granti asosida o‘qish istagini bildirgan vatandosh-yoshlardan arizalar qabul qilinadi.
Tanlovlarda ishtirok etish uchun quyidagi talablar belgilanadi:
shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-momosi:
etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;
30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
o‘zbek tilini bilishi lozim.
Batafsil ma’lumot va tegishli yo‘nalishlari mavjud oliygohlar ro‘yxati bu yerda: https://gov.uz/oz/edu/news/view/23644

Дополнительные фото1

Поделиться: