Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

“ZAKOVAT” TALABALAR LIGASINING 9-TURI BO‘LIB O‘TDI
07.11.2025 в 10:34UchrashuvlarMatbuot60
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Zakovat” talabalar ligasining 9-turi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Turnirda institutning barcha fakultetlaridan faol va iste’dodli talabalar ishtirok etishdi.
Intellektual bellashuv jarayonida ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etishdi. Natijalar yakuniga ko‘ra, “Adolat” va “Aggasi” jamoalari yuqori natijalarga erishib, turnir jadvalida yetakchi o‘rinlarni egallashdi.
Musobaqa yoshlarning bilim va tafakkurini rivojlantirish, ularda intellektual salohiyatni oshirish hamda jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qildi.









