Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча
“Vatanim – mening faxrim” qo‘shiqlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
15.01.2026 в 17:25YangiliklarMatbuot21
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan “Vatanim – mening faxrim” qo‘shiqlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda faol ishtirok etgan talabalar o‘zlarining iste’dodi va ijodiy mahoratini namoyish etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.
Yuqori natijalarga erishgan talabalar institut tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Diplom va sovg‘alarni Yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor Shomurod Mustafayev topshirdi.






