Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

OSIYO CHEMPIONI TANTANALI KUTIB OLINDI
03.08.2026 в 12:34YangiliklarMatbuot15
Indoneziyaning Jakarta shahrida U19 va U23 yosh toifalari o‘rtasida o‘tkazilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabasi Sevara Mamatova Kattaqo‘rg‘onga qaytdi.
Osiyo chempionini Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, talabalari, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi vakillari hamda keng jamoatchilik tantanali kutib oldi.









