Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalari kengaymoqda

22.08.2026 в 11:14YangiliklarMatbuot161 мин. чтения

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mirjalol Kudratov Indoneziyaning Universitas Muhammadiyah Gresik (UMG) universitetida o‘tkazilgan ICISSS 2026 xalqaro konferensiyasida “World Englishes and Cultural Identity” mavzusida ilmiy ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, UMG professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun seminar va tajriba almashish sessiyasi tashkil etilib, zamonaviy ta’lim metodlari hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida Micro Teaching Laboratories faoliyati o‘rganildi. Muzokaralar yakunida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro grantlar hamda qo‘shma konferensiya va seminarlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Дополнительные фото5

Файлы

Поделиться: