Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча
Rektor Pedagogika fakulteti talabalari bilan uchrashdi
10.09.2026 в 11:01YangiliklarMatbuot16
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov Pedagogika fakulteti talabalari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda talabalarning ta’lim olishi, murojaat va takliflari, shuningdek, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun institutda yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritildi.
Shundan so‘ng uchrashuv “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” shaklida ochiq muloqot tarzida davom etdi. Unda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdilar.
Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.









