Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Talabalarimiz bir semestr Xitoyda tahsil oladi
15.09.2026 в 14:35Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot26
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabalari Robiya Alibekova va Ra’no Aminova talabalar almashinuvi dasturi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining Nanjing politexnika institutiga yetib bordi.
Talabalar bir semestr davomida mazkur oliy ta’lim muassasasida tahsil olib, xalqaro ta’lim tajribasini oshirish hamda yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Talabalarimizga o‘qishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!





