Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Shanba – tozalik kuni
26.09.2026 в 15:57Ekofaol talabalarMatbuot32
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Shanba – tozalik kuni” munosabati bilan Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tomonidan tashkil etilgan Eko-volontyorlar guruhi ishtirokida obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borildi.
Tadbir davomida institut hududi obodonlashtirilib, yashil maydonlar va umumiy foydalanish joylari tartibga keltirildi.
Bunday tadbirlar talaba-yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitga e’tibor va mas’uliyat hissini oshirishga xizmat qiladi.








