Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Ta’lim grantini qayta taqsimlash natijalari bo‘yicha apellyatsiya tartibi

Ta’lim grantini qayta taqsimlash natijalari bo‘yicha apellyatsiya tartibi

07.08.2026 soat 15:38E'lonMatbuot491 daqiqada o'qiladi

Vazirlar Mahkamasining 149-son qaroriga muvofiq, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida ta’lim grantini qayta taqsimlash natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar ijtimoiy va akademik ko‘rsatkichlar bo‘yicha natijalar e’lon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat ichida apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Apellyatsiya quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
•talabgor institut rektori nomiga ariza taqdim etadi;
•ariza tegishli ijtimoiy yoki akademik faollik komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;
•ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma rasmiylashtirilib, tasdiqlanadi;
•apellyatsiya natijalari hamda bayonnomalar SAI.edu.uz platformasining “Apellyatsiya jarayonlari” bo‘limiga kiritiladi;
•tizimga kiritilgan ma’lumotlar Maxsus komissiya kotibi tomonidan tasdiqlanadi.
Muhim eslatma: barcha apellyatsiya murojaatlari to‘liq ko‘rib chiqilib, natijalar tizimga kiritilib tasdiqlangandan so‘nggina Maxsus komissiyaning yakuniy bayonnomasi shakllantiriladi.
Murojaat uchun
Ijtimoiy faollik komissiyasi kotibi: B.Ishmurodov
Telegram: @bunyodjon88921722
Akademik faollik komissiyasi kotibi: Sh.Himmatov
Telegram: @Shohrux_Himmatov

Ulashish: