Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi

Respublika final bosqichi musobaqalari, sport turlari boʻyicha har yili Toshkent shahrida joylashgan "Olimpiya shaharchasi"da hamda belgilangan boshqa sport majmualarida oʻtkaziladi.

1. Voleybol

Trener: 4

Rahbar: 1

Jami a'zo 33

  • Erkak (14)
  • Sportchilar: 28
  • Ayol (14)

Musobaqa qoidalari

Xalqaro voleybol federatsiyasining (FIVB) amaldagi qoidalariga asosan yutqazgandan soʻng, chiqib ketish tizimida oʻtkaziladi.

Dastur / Jarayon

3 partiyada 25 hisobgacha, uchinchi partiya 15 hisobgacha, yarim final bosqichidan boshlab 5 partiya (2 ochko farqi boʻlguncha) davom etadi.

2. Gandbol

Trener: 4

Rahbar: 1

Jami a'zo 33

  • Erkak (14)
  • Sportchilar: 28
  • Ayol (14)

Musobaqa qoidalari

Xalqaro gandbol federatsiyasining (IHF) amaldagi qoidalariga asosan yutqazgandan soʻng, chiqib ketish tizimda oʻtkaziladi.

Dastur / Jarayon

2 taym, 30 daqiqadan oʻtkaziladi. Tanaffus vaqti 10 daqiqa. Oʻyinda durang qayd qilinsa, 7 metrlik masofadan 3 nafardan oʻyinchi zarba beradi.

3. Basketbol 3x3

Trener: 2

Rahbar: 1

Jami a'zo 11

  • Erkak (4)
  • Sportchilar: 8
  • Ayol (4)

Musobaqa qoidalari

FIBA ning amaldagi qoidalariga asosan, yutqazgandan soʻng chiqib ketish tizimida oʻtkaziladi.

Dastur / Jarayon

Maksimal 10 daqiqa. Durang qayd etilsa, qoʻshimcha vaqtda 2 ochko hisobida oldinga chiqqan jamoa gʻolib boʻladi.

4. Stol tennisi

Trener: 3

Rahbar: 1

Jami a'zo 7

  • Erkak (2)
  • Sportchilar: 4
  • Ayol (2)

Musobaqa qoidalari

Xalqaro stol tennisi federatsiyasining (ITTF) amaldagi qoidalari asosida oʻtkaziladi.

Dastur / Jarayon

Sportchilar faqatgina shaxsiy va aralash-juftlik (mix) bahslarida ishtirok etadilar.

5. Futbol

Trener: 2

Rahbar: 1

Jami a'zo 21

  • Erkak (18)
  • Sportchilar: 18
  • Ayol yo'q

Musobaqa qoidalari

OʻFA va FIFA qoidalariga asosan yutqazgandan soʻng chiqib ketish tizimi asosida oʻtkaziladi.

Dastur / Jarayon

2 boʻlim 45 daqiqadan, tanaffus 15 daqiqa. Durang boʻlsa 11 metrlik nuqtadan 5 tadan zarba yoʻllaydi.

6. Yengil atletika

Trener: 4

Rahbar: 1

Jami a'zo 23

  • Erkak (9)
  • Sportchilar: 18
  • Ayol (9)

Musobaqa qoidalari

Jahon yengil atletikasi (World Athletics) amaldagi musobaqa qoidalari asosida. Bitta sportchi faqat ikkita shaxsiy va estafeta dasturida ishtirok etadi.

Dastur / Jarayon

100m, 200m, 400m, 800m, 1500m, 3000m, 4x100m estafeta, uzunlikka sakrash, uch hatlab sakrash, yadro itqitish.

7. Suzish

Trener: 2

Rahbar: 1

Jami a'zo 19

  • Erkak (8)
  • Sportchilar: 16
  • Ayol (8)

Musobaqa qoidalari

World Aquatics qoidalari boʻyicha. Bitta sportchi faqat ikkita shaxsiy va estafeta dasturida ishtirok etadi.

Dastur / Jarayon

Faqat ruxsat etilgan sport kiyimida ishtirok etish shart. Estafeta dasturlari uchun to'liq jamoa shakllantirilishi kerak.

Olimpiada Yangiliklari