Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

IJRO INTIZOMINI TA’MINLASH VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BORASIDA PROFILAKTIK TADBIR

IJRO INTIZOMINI TA’MINLASH VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BORASIDA PROFILAKTIK TADBIR

30.10.2025 soat 17:44Korrupsiyaga qarshi kurashishMatbuot531 daqiqada o'qiladi

Pedagogika fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlash hamda ijro intizomini mustahkamlash maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i E.Xudoykulov, institut katta yuriskonsulti F.Alimov, Ijro intizomi bo‘limi boshlig‘i E.Xayitov, shuningdek Pedagogika fakulteti dekani A.Saidov va fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida E.Xudoykulov, F.Alimov va E.Xayitov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlash hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari yuzasidan professor-o‘qituvchilarga batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, ta’lim jarayonida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, xodimlar va talabalar o‘rtasida mas’uliyatni oshirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir davomida ijro intizomiga qat’iy rioya etish, mehnat va xizmat intizomini mustahkamlash, hujjatlar bilan ishlash madaniyatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ham berildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: