Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

PEDAGOGIKA FAKULTETI DEKANI VAZIRLIK TOMONIDAN TASHAKKURNOMA BILAN TAQDIRLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashdagi samarali faoliyati, davlat ilmiy dasturlari doirasida amalga oshirilgan amaliy, innovatsion hamda fundamental ilmiy loyihalar ekspertizalarida faol ishtiroki, shuningdek, ilm-fan rivojiga qo‘shgan munosib hissasi va fidokorona mehnati uchun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani Saidov Azamat Ismoilovich Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Mazkur e’tirof institut jamoasi tomonidan katta mamnuniyat bilan qabul qilinib, kelgusida ham ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.





