Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Eng yaxshi tyutor” tanlovi e’lon qilinadi!

“Eng yaxshi tyutor” tanlovi e’lon qilinadi!

19.08.2026 soat 11:50YangiliklarMatbuot301 daqiqada o'qiladi

“Eng yaxshi tyutor” tanlovi e’lon qilinadi!

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida tyutorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, o‘z kasbiga sadoqatli, mas’uliyatli, mehnatsevar va tashabbuskor tyutorlarni aniqlash hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi.
Mazkur tanlov doirasida tyutorlarning zamonaviy pedagogik, psixologik va tashkiliy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishdagi faoliyati, shuningdek, kitobxonlik, tashabbuskorlik va targ‘ibotchilik yo‘nalishlaridagi ishlari baholanadi.
Fakultet bosqichi – har yili oktabr oyining ikkinchi o‘n kunligida fakultet tyutorlari o‘rtasida o‘tkaziladi. Ushbu bosqich yakunlariga ko‘ra 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan g‘oliblarga keyingi bosqichda ishtirok etish uchun yo‘llanma beriladi.
Institut bosqichi (yakuniy) – fakultet bosqichi g‘oliblari o‘rtasida har yili noyabr oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Ulashish: