Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

“TALABALAR LIGASI” DOIRASIDA BASKETBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
12.03.2026 в 16:49Sport klubiMatbuot23
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Talabalar ligasi” doirasida basketbol bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda talabalar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, qizlar o‘rtasida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti, o‘g‘il bolalar o‘rtasida Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.








