Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча
SamDUKF hamda maktab hamkorligi
12.05.2025 в 16:05UchrashuvlarMatbuot179
Kattaqo'rg'on tumanidagi 67-umumiy o'rta ta'lim maktabida ta'lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida maktab SamDU Kattaqo'rg'on filialiga biriktirilgan.
Bugun maktabdagi jarayonlarni direktorning birinchi o'rinbosari Shomurod Mustafayev doimiy nazorat qilib, amaliy yordam berib kelmoqda.
Maktabga filialning 6 nafar talabasi, jumladan 3 nafar ona tili va adabiyot, 1 nafar kimyo, 2 nafar ingliz tili o'qituvchilari sifatida ishga qabul qilingan.
67-maktab bitiruvchilari filialda bo'lib, o'quv, ilmiy jarayonlar, yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishishdi.
SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali axborot xizmati.







