Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча
Ustoz va shogirdlar hamjihatlikda: Institutda voleybol musobaqasi
02.04.2026 в 17:27Sport OlimpiadalariMatbuot39
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Payshanba kuni “Yoshlar kuni” munosabati bilan fakultetlararo voleybol musobaqasi tashkil etildi. Sport tadbiri yoshlarni sog‘lom turmush tarziga targ‘ib qilish va ular o‘rtasida jismoniy tarbiya ommaviyligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Shu bilan birga, “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining institut bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoalar voleybol bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Talabalar bilan bir qatorda institut professor-o‘qituvchilari ham sport o‘yinlarida faol ishtirok etib, yoshlarga o‘rnak bo‘ldilar.











