Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Sport kuni doirasida o‘rtoqlik uchrashuvi
15.04.2026 в 14:34Sport klubiMatbuot24
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Sport kuni doirasida Institutning basketbol jamoasi hamda Kattaqo‘rg‘on shahar sport maktabi jamoasi o‘rtasida qiziqarli o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida har ikkala jamoa yuqori sport mahorati, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan kuchli intilishni namoyon etdilar. Bellashuv do‘stona va sog‘lom raqobat ruhida o‘tdi.
Mazkur sport tadbiri sportning asosiy maqsadi – sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro do‘stlikni mustahkamlashdan iborat ekanini yana bir bor tasdiqladi.








