Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

O‘rikzor mahallasidagi yoshlar holati o‘rganildi va qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi

O‘rikzor mahallasidagi yoshlar holati o‘rganildi va qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi

20.04.2026 в 16:06YangiliklarMatbuot30

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshiriladigan davlat dasturi to‘g‘risidagi PF–37-son Farmonining 1-bandiga muvofiq, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakovga Kattaqo‘rg‘on shahridagi O‘rikzor mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi “og‘ir” toifadagi ishsiz yoshlar biriktirilgan.
Reja-grafikka asosan, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektoriga biriktirilgan Kattaqo‘rg‘on shahridagi O‘rikzor mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar holati o‘rganilib, ularning holidan xabar olindi.
O‘rganish davomida yoshlar bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, ularning muammolari, qiziqishlari va ehtiyojlari atroflicha tahlil qilindi hamda ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Дополнительные фото6

Поделиться: