Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

BILIMSIZ TALABAGA SHUNCHAKI DIPLOM BERIB YUBORMAYMIZ!

BILIMSIZ TALABAGA SHUNCHAKI DIPLOM BERIB YUBORMAYMIZ!

20.05.2025 в 15:32UchrashuvlarMatbuot70

SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktori Sherzod Raxmonovich Urakov talabalar bilan navbatdagi uchrashuv, bevosita muloqot o'tkazdi.

Direktor o'rinbosarlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazorati bo'limi mas'ullari ham qatnashgan uchrashuvda direktor talabalar bilan muloqot davomida bugun talabalar bilimini xolis va haqqoniy baholash, pedagog kadrlar tayyorlash sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor, iqtidorli talaba-yoshlarni qo'llab-quvvatlashga doir islohotlar, mamlakatimizda malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyoj to'g'risida to'xtalib o'tdi.

SamDU Kattaqo'rg'on filialida olib borilayotgan o'quv, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishlardagi faoliyat hamda bunga talabalarning munosabati, taklif va murojaatlariga quloq tutildi.

Дополнительные фото6

Поделиться: