Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

“Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida etnosport musobaqalari tashkil etildi
04.05.2026 в 14:45Sport klubiMatbuot31
Pedagogika fakulteti talabalari o‘rtasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida etnosport musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqa davomida talabalar milliy sport o‘yinlari orqali o‘zlarining kuch, chaqqonlik va chidamliliklarini sinovdan o‘tkazdilar. Jumladan, arqon tortish hamda tosh ko‘tarish kabi bellashuvlar yuqori ruhda, qizg‘in va murosasiz raqobat asosida o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularni zararli illatlardan, xususan giyohvandlikdan yiroq bo‘lishga chorlash hamda jismoniy faollikni oshirishdan iboratdir.







