Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча
Talabalar “Oriyat” spektaklini tomosha qildilar
07.05.2026 в 17:27YangiliklarMatbuot20
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti prorektori Sh.Mustafayev, professor-o‘qituvchilar, dekan o‘rinbosarlari, yo‘nalish tyutorlari hamda talabalar Kattaqo‘rg‘on shahridagi Majidiy drama teatriga tashrif buyurishdi. Ular yozuvchi Nasrullo Qobil qalamiga mansub “Oriyat” spektaklini tomosha qildilar. Mazkur spektakl tomoshabinlarda milliy qadriyatlar, insoniy fazilatlar va or-nomus tushunchalariga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.










