Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Sportchilarimizga omad tilaymiz!
06.06.2026 в 09:28Sport OlimpiadalariMatbuot19
Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi kompleks sport musobaqalarining yengil atletika bo‘yicha final bosqichida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti sportchilari munosib ishtirok etmoqda.
Musobaqalarda ishtirok etayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida institut rektori Sherzod Urakov ham Toshkent shahriga bordi hamda sportchilar bilan uchrashib, ularga omad va muvaffaqiyat tiladi.
Sportchilarimizga musobaqalarda yuqori natijalar, yorqin g‘alabalar va ulkan zafarlar tilab qolamiz. Jamoamizga omad hamisha yor bo‘lsin!










