Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Yakuniy baholash jarayonlarida adolat va shaffoflik ta’minlanmoqda
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida yakuniy baholash jarayonlari belgilangan tartib va me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda. Jarayonlar Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i E.Xudoyqulov tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Mazkur nazorat yakuniy baholash tadbirlarini xolis, adolatli va shaffof tarzda o‘tkazish, shuningdek, talabalar bilimini obyektiv baholashni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Institutda yakuniy nazorat jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.








