Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

“Rektor kubogi” musobaqalari boshlandi

“Rektor kubogi” musobaqalari boshlandi

12.06.2026 в 16:16Sport klubiMatbuot19

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda muntazam sport bilan shug‘ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida voleybol bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalariga start berildi.
Mazkur sport musobaqasi institut jamoasi o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.
Musobaqalarda institutning turli bo‘linma va fakultetlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordilar.

Дополнительные фото5

Поделиться: