Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Yangi o‘quv qo‘llanma nashrdan chiqdi
16.06.2026 в 09:49Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot26
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti N.Ruziqulova hamda SamDU Biokimyo instituti assistenti I.Zoxidovaning biologiya yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Sitologiya, gistologiya va embriologiya” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashrdan chiqdi.
Mazkur qo‘llanma talabalarga tirik organizmlarning mikroskopik darajadagi tuzilishi, rivojlanishi va funksiyalarini tizimli hamda yaxlit tarzda o‘rganish imkonini beradi. Shuningdek, u biologiya va tibbiyot yo‘nalishidagi boshqa fundamental fanlarni chuqur o‘zlashtirish uchun mustahkam nazariy poydevor vazifasini o‘taydi.




