Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча
"ZAKOVAT" FINALI G'OLIBLARI ANIQ!
SamDU Kattaqo'rg'on filialida talabalar bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularning bilimini, intellektual salohiyatini oshirishdagi to'garaklar, klublar ichida eng yuqori turuvchi birlashma — bu "ZAKOVAT" klubi ekanligini alohida ta'kidlash joiz!
Chunki filialda muntazam, erta-yu kech yuritilib kelayotgan klub — "Zakovat" klubi desak, haqiqat!
Bosh koordinator Husniddin Rashidov rahbarligidagi filial "Zakovat" klubining "Talabalar ligasi" doirasidagi "Direktor kubogi" bahslari YAKUNLANDI!
Doimiy ravishda o'ntadan kam bo'lmagan jamoalar ishtirokidagi tur bahslari finalida quyidagi jamoalar G'OLIB BO'LDI:
🥇"Pioneers" jamoasi — 3 mln so'm mukofot.
🥈"Adolat" jamoasi — 2 mln so'm mukofot.
🥉"Economist" jamoasi — 1 mln so'm mukofot.
Tabriklaymiz!













