Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

RASMIY OGOHLANTIRISH

RASMIY OGOHLANTIRISH

04.08.2026 в 16:54YangiliklarMatbuot181 мин. чтения

So‘nggi kunlarda Telegram messenjerida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov nomidan ochilgan soxta akkauntlar orqali yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda.
Jumladan, institutda go‘yoki rejali tekshiruvlar o‘tkazilishi haqida xabarlar yuborilmoqda. Bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Shuningdek, soxta akkauntlar orqali turli topshiriqlar berish, pul mablag‘i yoki shaxsiy ma’lumotlarni so‘rash holatlari kuzatilmoqda. Bunday murojaatlar yolg‘ondir.
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov bunday xabarlar yubormaydi.
Ehtiyot choralariga amal qiling:
•Xabarlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.
•Noma’lum akkauntlarga ishonmang.
•Shaxsiy va bank ma’lumotlaringizni hech kimga taqdim etmang.
Ogoh bo‘ling, soxta akkauntlarga aldanmang!

Поделиться: