Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

Xalqaro hamkorlik: yangi imkoniyatlar
22.08.2026 в 10:01YangiliklarMatbuot15
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mirjalol Kudratov Indoneziyaning Universitas Islam Nahdlatul Ulama (UNISNU) Jepara universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida u “Education, Tourism and Civilization” mavzusidagi xalqaro seminarda ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Universitet rahbariyati bilan uchrashuvda talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda akademik loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tomonlar o‘rtasida Memorandum imzolandi.






