Перейти к основному содержанию
На сайте идут технические работы: несколько минут некоторые разделы могут не работать.
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

MILLIY SERTIFIKAT OLGAN "YOSH TILSHUNOS"LAR RAG'BATLANTIRILDI

MILLIY SERTIFIKAT OLGAN "YOSH TILSHUNOS"LAR RAG'BATLANTIRILDI

30.05.2025 в 12:33Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot501 мин. чтения

O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi qoshida tashkil etilgan ‘‘YOSH TILSHUNOS’’ to‘garagining 45 nafar a'zosi Milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
Bu haqda to'garakning 2024-2025 o'quv yili yakuni bo'yicha hisobot yig'ilishida ma'lumot berildi.

SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktori o'rinbosarlari, iqtidorli talabalar va ilmiy bo'lim mas'ullari, kafedra professor-o'qituvchilari qatnashgan tadbirda Mirjalol Rustamov rahbarlik qilayotgan to'garak faoliyati alohida e'tirof etildi.
Ayniqsa, to'garak a'zolaridan 45 nafari O‘zbekiston Resublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining Umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida B+, A, A+ darajasidagi Milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritganligi nafaqat kafedra va to'garak, balki filialimizning muvaffaqiyati ekanligi ta'kidlandi.

Shu munosabat bilan mas'ullar tomonidan ushbu talabalarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alar bilan topshirildi.

Darhaqiqat, ushbu milliy sertifikatlarga ega bo'lgan talabalarimiz kelajakdagi pedagogik faoliyatida oylik ish maoshiga 50 foiz ustama olish huquqiga ega bo'lishdi.

SamDU Kattaqo'rg'on filiali axborot xizmati.

Дополнительные фото8

Поделиться: