Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча
Ikki nafar professor-o‘qituvchimiz “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining ikki nafar professor-o‘qituvchisi Xorijiy tillar fan kafedrasi mudiri Nasiba Ruziyeva hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektori boshlig‘i Muxammadi Turayev O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI A’LOCHISI” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ko‘krak nishonlarini institut rektori Sherzod Urakov tantanali ravishda topshirdi.
Institut jamoasi nomidan Nasiba Ruziyeva va Muxammadi Turayevni ushbu e’tirof bilan muborakbod etib, kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!




