Перейти к основному содержанию
Этот веб-сайт в настоящее время работает в тестовом режиме. Некоторые функции могут быть недоступны или работать не так, как ожидалось.

Эта страница пока не переведена на русский язык, текст показан на узбекском. Доступные языки: O'zbekcha, Ўзбекча

“Tadbirkorlik asoslari” fanidan seminar-trening tashkil etildi

“Tadbirkorlik asoslari” fanidan seminar-trening tashkil etildi

13.10.2026 в 16:24SeminarlarRaqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi961 мин. чтения

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 13-avgustdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida “Tadbirkorlik asoslari” fanini o‘qitishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 343-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab “Tadbirkorlik asoslari” fanini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Mazkur fan talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni biznes yuritish imkoniyatlari bilan tanishtirish hamda kelgusida o‘z biznes loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltirishga xizmat qiladi.

Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Oxun Xaitov tomonidan fan doirasida tashkil etilgan dars mashg‘ulotida O‘zmilliybank AJ Samarqand viloyati bosh boshqarmasi “Kelajakka qadam” markazi menejeri Shermuxammad G‘aniyev hamda “TURON ACADEMY” o‘quv markazi asoschisi, tadbirkor Abdulaziz Normatov ishtirok etdi.

Seminar-trening shaklida tashkil etilgan mashg‘ulot bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Unda mehmonlar tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, biznes yuritish imkoniyatlari va mavjud qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Mashg‘ulot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tadbirkorlardan atroflicha javoblar oldilar.

Bunday amaliy mashg‘ulotlar talabalarning tadbirkorlikka oid bilimlarini mustahkamlash, ularda mustaqil fikrlash va biznes tashabbuslarini ilgari surish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Дополнительные фото3

Поделиться: