Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Talaba Fest” festivali

“Talaba Fest” festivali

09.06.2026 soat 10:58E'lonMatbuot291 daqiqada o'qiladi

Joriy yilning 11-iyun kuni Samarqand davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Talaba Fest” festivali bo‘lib o‘tadi.
Festival doirasida “Eng yaxshi fotosuratlar”, “Liboslar”, “Eng mazali taomlar” ko‘rgazmalari, sport musobaqalari, musiqiy chiqishlar, shoir, yozuvchi va ijodkorlar ishtirokidagi ijodiy uchrashuvlar va mushoiralar, karaoke dasturlari, robototexnika ko‘rgazmalari, “Talabalar teatr studiyalari”ning kompozitsion chiqishlari, “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalarining shou dasturlari, “Zakovat” va “Munozara” o‘yinlari, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari ishtirokidagi harbiy-ko‘rgazmali chiqishlar hamda “Shashlik day” tanlovlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Hurmatli institutimiz talabalari!
Sizlarni mazkur festivalda faol ishtirok etishga chorlaymiz. Festivalga borish va qaytish bilan bog‘liq transport masalalari institut tomonidan ta’minlanadi.
Murojaat uchun telefon: +998 93 353 34 94
Barchangizni festivalda kutib qolamiz!

Ulashish: