Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Sun’iy intellekt va ingliz tilida so‘zlashuv: master-klass

Sun’iy intellekt va ingliz tilida so‘zlashuv: master-klass

14.10.2026 soat 13:22E'lon381 daqiqada o'qiladi

Sun’iy intellekt yordamida ingliz tilida erkin va ishonch bilan gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy usullarini o‘rganmoqchimisiz?
Unda sizni 2026-yil 15-oktabr kuni soat 11:00 da Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tadigan ilmiy-amaliy master-klassga taklif etamiz.
Mazkur tadbirda xalqaro miqyosdagi mutaxassis, Global Presenter, EA Uzbekistan asoschisi va International ELT Expert Feruz Akbarov tomonidan “Using AI to help learners speak” mavzusida master-klass o‘tkaziladi.
Master-klass davomida sun’iy intellekt vositalaridan ingliz tilida gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali foydalanish, o‘rganuvchilarning nutqiy faolligini oshirish, erkin va ishonchli muloqotga tayyorlash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar hamda amaliy tavsiyalar taqdim etiladi.
Shuningdek, Feruz Akbarov tomonidan 2025-yilda AQSHda chop etilgan “The Art of Teaching: Let Your Teaching Voice Be Heard” nomli kitob asosida zamonaviy til o‘qitish metodikasi, sun’iy intellekt imkoniyatlari va xalqaro tajribaga oid qimmatli insaytlar bilan o‘rtoqlashiladi.
Mazkur workshop avval bir qator nufuzli xalqaro konferensiyalar va oliy ta’lim muassasalarida muvaffaqiyatli taqdim etilgan. Jumladan, 24-Xalqaro AsiaTEFL konferensiyasi, Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan 9-Xalqaro Trendy Pete konferensiyasi, Georgia State University tomonidan tashkil etilgan 4-Xalqaro ingliz tili konferensiyasida namoyish etilgan.
Shuningdek, O‘zbekistonda Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kabi oliy ta’lim muassasalarida ham yuqori saviyada tashkil etilgan.
E’tiborlisi, mazkur workshop British Council Global Webinar Series dasturiga, shuningdek, AQSHning Houston shahrida o‘tkaziladigan 61-Xalqaro TESOL Convention & Expo tadbiriga ham qabul qilingan.
Sizni ham ushbu ilmiy-amaliy master-klassda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
📅 Sana: 15-oktabr 2026-yil
🕚 Vaqt: 11:00
📍 Manzil: Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti
🎤 Spiker: Feruz Akbarov
📌 Mavzu: Using AI to help learners speak

Ulashish: