Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Institutimiz o‘qituvchilari Malaya universiteti bilan hamkorlikda vebinar darsi o‘tkazdi

Institutimiz o‘qituvchilari Malaya universiteti bilan hamkorlikda vebinar darsi o‘tkazdi

29.10.2025 soat 17:22SeminarlarMatbuot481 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari Shaxnoza Berdikulova va Zarina Murtozayeva hozirda Malayziya davlatining Malaya universitetida malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.
Malaka oshirish doirasida Malaya universiteti va Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti hamkorligida vebinar darsi tashkil etildi. Tadbirda institutning Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etdi.
Vebinar davomida malaka oshirayotgan o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim metodlari va xorijiy tillarni o‘qitishning ilg‘or tajribalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Institut rahbariyati va kafedra jamoasi ushbu hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro tajribani o‘quv jarayoniga integratsiya qilish borasida kelgusida ham faol ish olib borishni rejalashtirmoqda.
Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: