Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

TALABALAR AMALIYOTDA BILIMLARINI MUSTAHKAMLASHDI

TALABALAR AMALIYOTDA BILIMLARINI MUSTAHKAMLASHDI

06.11.2025 soat 14:32UchrashuvlarMatbuot671 daqiqada o'qiladi

Pedagogika fakulteti “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi tomonidan “Bilimlar amaliyotda mustahkamlanadi” mavzusida o‘quv-amaliy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv kafedra o‘qituvchilari I.Komolova va Z.Qarshiyeva rahbarligida Kattaqo‘rg‘on shahar 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi 1-kurs talabalari uchun kasbiy faoliyatga oid dastlabki tushuncha va ko‘nikmalarni shakllantirish, nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirishdan iborat bo‘ldi.
Tashabbus doirasida talabalar maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etish, bolalar bilan ishlash uslublari hamda pedagogik jarayonning amaliy jihatlarini o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur uchrashuv talabalarning kasbiy malakasini oshirish va nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish: