Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi

Ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi

08.11.2025 soat 16:16SeminarlarMatbuot401 daqiqada o'qiladi

Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Isamtov, fakultet tyutorlari B.Ochilov, A.Klichev, D.Abdumurodov, psixolog G.Inatullayeva hamda profilaktika inspektori, katta leytenant X.Haydarovlar tomonidan talabalarning ijara xonadonlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida talabalar yashash sharoitlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi, ijara xonadonlarining tozaligi hamda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari masalalari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ularga bo‘sh vaqtlarida kitob mutolaasi bilan shug‘ullanish, o‘z ustida muntazam ishlash va ma’naviy saviyasini oshirish zarurligi borasida tavsiyalar berildi.
Ushbu tadbir talabalar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash va ma’naviy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: