Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun yangi o‘quv qo‘llanma
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ganiyeva Dildora Sagdullayevnaning yangi o‘quv qo‘llanmasi nashr qilindi.
“Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun “Ona tili” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish” nomli ushbu qo‘llanma talabalarga ona tili fanidan amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish va olib borishda qo‘llanma sifatida xizmat qiladi. Nashr talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, o‘quv jarayonini yanada sifatli va samarali tashkil etishga yordam beradi.




