Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

O‘zbekiston — millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik zamini

O‘zbekiston — millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik zamini

25.11.2025 soat 11:26Davra suhbatlariMatbuot48

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda institut psixologi M.Sulaymonov hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi xodimi B.Qodirov ma’ruza qildi
Davra suhbatida tinchlik va totuvlikni mustahkamlashning beqiyos o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, millatlararo hamjihatlikni rivojlantirish, yoshlar ongida bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish, turli millat va konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro hurmat tamoyillarini qaror toptirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilari ushbu masalaning dolzarbligini ta’kidlab, o‘zlarining amaliy taklif va tavsiyalarini bildirdilar.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish: