Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

KONSTITUTSIYA BILIMLARI BO‘YICHA O‘TKAZILGAN OLIMPIADA G‘OLIBLARI ANIQLANDI

KONSTITUTSIYA BILIMLARI BO‘YICHA O‘TKAZILGAN OLIMPIADA G‘OLIBLARI ANIQLANDI

29.11.2025 soat 15:09YangiliklarMatbuot441 daqiqada o'qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 18-noyabrdagi 02/58-01-15-261-sonli xati ijrosini ta’minlash, shuningdek, talabalarning Konstitutsiyamiz haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiada tashkil etildi.
Mazkur olimpiada talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va unda belgilangan demokratik tamoyillarni chuqur anglashlariga ko‘maklashish, shuningdek ularni ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga faol jalb etish maqsadida o‘tkazildi.
Olimpiada natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin – “Tarix” yo‘nalishi 1-kurs T_25_10 guruh talabasi Tuxtamurodov Shodiyor Sherzod o‘g‘li;
2-o‘rin – “Tarix” yo‘nalishi 1-kurs T_25_10 guruh talabasi Rahimboyev Sunnatbek Ilhom o‘g‘li;
3-o‘rin – “Psixologiya” yo‘nalishi 1-kurs PS_24_01 guruh talabasi Izodulloyeva Jasmina Narzulloyevna tomonidan qo‘lga kiritildi.
G‘oliblar institut rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish: