Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Noodatiy alifbo” — giyohvandlikka qarshi qaratilgan psixologik trening

“Noodatiy alifbo” — giyohvandlikka qarshi qaratilgan psixologik trening

18.12.2025 soat 12:42Davra suhbatlariMatbuot461 daqiqada o'qiladi

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha institut psixologi G.Inatullayeva tomonidan “Giyohvandlik – kelajakka tahdid” mavzusida “Noodatiy alifbo” nomli interfaol trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligiga, jamiyat taraqqiyotiga va yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri, uning og‘ir oqibatlari hamda ushbu illatning oldini olish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish, ongli va mas’uliyatli hayot tarzini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir doirasida institut psixologi tomonidan psixologik treninglar o‘tkazilib, talabalar faol ishtirok etdilar. Mashg‘ulotlar qiziqarli savol-javoblar, interfaol muhokamalar bilan boyitilib, ishtirokchilarda mavzuga nisbatan chuqur tushuncha va ijobiy munosabat shakllantirishga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: