Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

E’tibor va mehr – ezgu fazilat
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti koordinatorlari va volontyorlari hamda “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari tashabbusi bilan Kattaqo‘rg‘on shahridagi Miyonkol mahallasida istiqomat qiluvchi yolg‘iz keksalar holidan xabar olindi.
Tashrif davomida nuroniylar bilan samimiy suhbatlashilib, ularning holidan xabar olindi. Bunday ezgu tashabbuslar orqali keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga ma’naviy ko‘mak berish hamda yoshlar qalbida mehr-oqibat va insonparvarlik fazilatlarini mustahkamlash maqsad qilingan.
Institut yoshlari tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu xayrli ishlar jamiyatda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va insoniy qadriyatlarni yuksaltirishga xizmat qiladi.







