Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча
SENAT RAISI VA VILOYAT HOKIMI INSTITUTIMIZGA TASHRIFI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdilar.
Tashrif doirasida mehmonlar institut professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv jarayonida ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, institut rektori Sh.Urakov tomonidan oliy ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi rivojlanish rejalari yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etildi.









