Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Talabalar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi

Talabalar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi

19.02.2026 soat 16:33TashriflarMatbuot181 daqiqada o'qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–207-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari tomonidan uchinchi mintaqaviy hudud 7-son tergov hibsxonasiga tashrif tashkil etildi.
Mazkur tashrif davomida talabalar narkojinoyat sodir etganligi uchun jazo o‘tayotgan mahkumlarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari, ularning jamiyat hamda shaxs hayotiga ko‘rsatadigan ta’siri yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Tashrif doirasida ushbu turdagi jinoyatni sodir etib, keyinchalik o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lgan shaxslar hayoti haqida hikoya qiluvchi badiiy film namoyish etildi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni turli yot illatlardan asrash hamda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar2

Ulashish: