Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Pedagogika fakultetida “Talabalar ligasi” doirasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi

Pedagogika fakultetida “Talabalar ligasi” doirasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi

24.02.2026 soat 14:19Sport klubiMatbuot28

Pedagogika fakultetida “Talabalar ligasi” doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha talaba-qizlar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi.
Mazkur sport tadbiri talaba-yoshlarning, xususan, qizlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ular orasida jamoaviylik, chaqqonlik va epchillik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqa bahslari qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi. Unda ishtirok etgan jamoalar o‘zlarining sport mahorati, tezkorligi, intizomi hamda jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish: