Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

ZULFIYA – HAYOT SO‘QMOQLARI

ZULFIYA – HAYOT SO‘QMOQLARI

02.03.2026 soat 16:12YangiliklarMatbuot221 daqiqada o'qiladi

Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Zulfiya – hayot so‘qmoqlari” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda bilimlar bellashuvi tashkil etildi.
Mazkur tadbir institutning Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Maftuna Iskandarova tashabbusi bilan o‘tkazilib, Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari ishtirok etdilar.
Tadbirda shoira hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videolavhalar namoyish etildi, talaba-yoshlar tomonidan shoiraning she’rlari ifodali o‘qildi hamda sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Ishtirokchilar Zulfiya Isroilovaning hayot yo‘li, ijodiy merosi, o‘zbek adabiyoti va ma’naviy hayotiga qo‘shgan ulkan hissasi yuzasidan o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: