Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

06.03.2026 soat 17:47YangiliklarMatbuot321 daqiqada o'qiladi

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda institut rektori Sherzod Urakov, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi. Rektor o‘z so‘zida institut jamoasidagi xotin-qizlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy tabriklab, ularning ta’lim-tarbiya jarayonidagi fidokorona mehnati, jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida e’tirof etdi.
Bayram munosabati bilan bir guruh faol xotin-qizlar institut kasaba uyushmasi tomonidan Faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shundan so‘ng bayram dasturi musiqiy chiqishlar va ijodiy ijrolar bilan davom etdi. Tantanali tadbir bahor fasliga hamohang kuy-qo‘shiqlar, milliy va zamonaviy ijrolar hamda go‘zal raqslar bilan yanada fayzli tus olib, ko‘tarinki ruhda yakunlandi.

Qo'shimcha rasmlar6

Ulashish: