Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Talaba-qizlarning yashash sharoitlari o‘rganilib, tavsiyalar berildi

Talaba-qizlarning yashash sharoitlari o‘rganilib, tavsiyalar berildi

11.03.2026 soat 11:49Yoshlar ittifoqi faoliyatiMatbuot381 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Inatullayeva hamda “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan talaba-qizlar istiqomat qilayotgan xonadonlardagi yashash sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida talaba-qizlarning yashash muhiti, ijtimoiy-maishiy sharoitlari hamda ularning kundalik ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar va tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv davomida talaba-qizlar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Bunday o‘rganishlar talaba-qizlar uchun yanada qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: