Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi fakultet bosqichi o‘tkazildi

“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi fakultet bosqichi o‘tkazildi

17.03.2026 soat 10:52Sport klubiMatbuot37

Aniq va tabiiy fanlar fakultetida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi ko‘rik-tanlovining fakultet bosqichi yuqori saviyada hamda ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Musobaqada fakultetning faol va sportga qiziqadigan talabalari qatnashib, turli vazifalar orqali o‘zlarining kuch-qudrati, chaqqonligi va jismoniy tayyorgarlik salohiyatini ko‘rsatdilar.
Ishtirokchilar o‘rtasida kechgan bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda bo‘lib, talabalar o‘zlarining jamoaviy hamjihatligi, qat’iyati va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyish etdilar.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: