Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Moziyga sayohat” dasturi doirasida Imom Buxoriy majmuasiga tashrif uyushtirildi

“Moziyga sayohat” dasturi doirasida Imom Buxoriy majmuasiga tashrif uyushtirildi

28.03.2026 soat 14:52YangiliklarMatbuot38

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-dekabrdagi 70-sonli majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti tyutori M.Hayitova boshchiligida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari “Moziyga sayohat” dasturi doirasida Imom Buxoriy majmuasiga tashrif uyushtirdilar.
Tashrif davomida talabalar buyuk muhaddis Imom Buxoriyning islom olamida tutgan yuksak mavqeyi, boy ilmiy merosi hamda ulkan salohiyati haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir talabalarning tarixiy merosimizga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlash, ularning dunyoqarashini kengaytirish va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

文件

Ulashish: