Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” shiori ostida ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi

“Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” shiori ostida ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi

09.04.2026 soat 09:49YangiliklarMatbuot37

Kattaqoʻrgʻon shahrida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam!” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.
Mazkur marafonda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etdilar.
Tadbir shahar hokimligi, turli tashkilotlar rahbarlari, harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, teatr aktyorlari va keng jamoatchilik, xususan, yoshlar ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazildi. Yurish marafoni Kattaqoʻrgʻon shahriga kirish darvozasidan boshlanib, Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab davom etdi.

Qo'shimcha rasmlar9

Ulashish: